"Quvnoqlar va zukkolar" koʻrik-tanlovi: Isteʼdodlar va qobiliyatlar maydoni!



Samarqand iqtisodiyot va servis institutida "Rektor kubogi" musobaqalari doirasida "Quvnoqlar va zukkolar" ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi.
Tadbir qiziqarliligi va jamoalarning quvnoq chiqishlari bilan koʻpchilikda katta taassurot qoldirdi. Jamoalar 3 ta shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar hamda yakunda natijalar quyidagicha tus oldi:
1 - "Buxgalteriya" jamoasi;
2 - "Moliyachi" jamoasi;
3 - "Remontada" jamoasi.
Gʻoliblar va nominatsiyalar egalari institut maʼmuriyati tomonidan tantanali ravishda diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.