SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Joriy yilning 14-noyabr sanasida, Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg boshqaruv texnologiyalari va iqtisodiyot universitetining fan va xalqaro faoliyat bo‘yicha prorektori Anna Rumyanseva va Turizm va mehmondo‘stlik sohasida kompetensiyalarni rivojlantirish markazi bosh direktori Marina Morozova tashrif buyurishdi.


Tashrif davomida xorijlik mehmonlar va institut rahbar xodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda o'zaro hamkorlik yo'nalishlari, xususan talabalar uchun onlayn o'quv kurslar va loyiha-seminarlar tashkil etish, qo'shma ilmiy loyihalar amalga oshirish mavzulari muhokama etildi.


Turizm va mehmondo‘stlik sohasida kompetensiyalarni rivojlantirish markazi bilan esa hamkorlik memorandumi imzolandi va tajriba almashishga kelishib olindi.

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan