Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Baku davlat universiteti oʻrtasida xalqaro hamkorlik yoʻlga qoʻyildi



Joriy yil 23-sentabr kuni Samarqand iqtisodiyot va servis instituti delegatsiyasi Baku davlat universitetining taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu oliygohda boʻldi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning yangi yoʻnalishlari muhokama qilinib, professor-oʻqituvchilar uchun malaka oshirish va stajirovkalar tashkil etish, ilmiy tadqiqotlarda hamkorlik qilish masalalari belgilandi.
Shuningdek, Baku davlat universitetidan 2 nafar professor-oʻqituvchini Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga xorijiy mutaxassis sifatida jalb etish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Tashrif yakunida delegatsiya universitetning moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishdi.