Samarqand iqtisodiyot va servis instituti jamoasi Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyiga ekskursiya qilishdi



Mazkur ekskursiyada institut rektori Poʻlatov Muhiddin Egamberdiyevich boshchiligidagi, rahbar xodimlar hamda talabalar ishtirok etishdi. Ekskursiya davomida talabalarga muzeyning barpo etilish jarayoni, undagi ramziy ma’nolar hamda xalqimiz tarixida chuqur iz qoldirgan og‘ir davrlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Talabalar Vatan erkinligi va osoyishtaligi yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini hurmat bilan yod etib, tarixiy saboqlar orqali milliy qadriyatlarni asrash va e’zozlash naqadar muhimligini chuqur his etdilar.
Bunday ma’rifiy tashriflar yoshlarning yurtparvarlik, Vatanga sadoqat va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.