Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Butunjahon turizm kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

2025-09-26 793
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Butunjahon turizm kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Bugun Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm kafedrasi tashabbusi bilan “Butunjahon turizm kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda professor-o‘qituvchilar, talabalar va turizm sohasi vakillari ishtirok etib, turizmning mamlakatimiz hamda jahon miqyosida rivojlanish tendensiyalari, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotdagi o‘rni haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, talabalar tomonidan she’riy chiqishlar, kuy-qo‘shiqlar va ijodiy nomerlar namoyish etilib, tadbirga bayramona ruh bag‘ishlandi.