Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida harbiylar ishtirokida sport musobaqasi tashkil etildi



Joriy yil 9-iyul kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa ishlari boshqarmasi harbiy xizmatchilari ishtirokida sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 6 ta jamoa ishtirok etdi. Har bir jamoa jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy harakati va qat’iyatini namoyon etib, sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha bellashuvlarda faol qatnashdi. Bellashuvlar sog‘lom raqobat va do‘stona muhitda o‘tkazildi.
Tadbir talabalarda sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish va harbiy xizmatga nisbatan hurmatni oshirishga xizmat qildi. G‘olib jamoalar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.