SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Joriy yilning 11-aprel kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida joylashgan Innovatsion texnologiyalar xalqaro universiteti prorektori boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.


Tashkil etilgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlik qilish yo‘nalishlari muhokama qilindi. Ayniqsa, iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha PhD tayanch doktorantlarini tayyorlash sohasida hamkorlik qilish taklifi ikkala oliygoh tomonidan ma'qullandi. Jumladan, izlanuvchilarning xorijiy ilmiy-tadqiqot stajirovkalarini tashkil etish, doktorlik dissertatsiyasi mavzusi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish uchun olimlar va PhD doktorantlar almashinuvi, PhD doktorantlarning dissertatsiya ishlariga o‘zaro ilmiy rahbarlik qilish, opponentlik qilish va taqriz berish kabi yo‘nalishlar muhokama qilindi.


Uchrashuv so‘ngida ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan