SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan "Olima ayol — jamiyat ko‘zgusi" mavzusida institut olima ayollari va talaba-qizlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida institutda faoliyat yuritayotgan olima ayollar o‘z hayotiy tajribalari, ilm-fan sohasida erishgan yutuqlari, ushbu marralargacha yetib kelish yo‘lida duch kelgan qiyinchiliklari hamda ularni qanday yengib o‘tganliklari haqida samimiy suhbatlashdilar.

Shuningdek, olimalar talaba-qizlarga ilm olish, o‘z ustida doimiy ishlash, maqsad sari intilish va o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish borasida o‘z maslahatlarini berdilar.

Mazkur uchrashuv talaba-qizlar uchun nafaqat motivatsiya, balki kelajak rejalari sari dadil qadam tashlashga undovchi uchrashuv bo‘ldi.

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan