SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Samarqand davlat iqtisodiyot va servis instituti servis fakultetining MXT-222 guruhi talabalari uchun turizm kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan interyer va landshaft dizayni fanidan amaliy mashg‘ulot o‘tkazish maqsadida Zarafshon milliy bog‘iga sayohat uyushtirishdi.

Dars jarayoni tabiatning go‘zal qo‘ynida o‘tdi, talabalar mehmonxona interyerlari va atrof-muhit dizayni o‘rtasidagi uyg‘unlikni amaliy tahlil etishdi. Shuningdek, Zarafshon milliy bog‘i hududida joylashgan kemplinglar faoliyati bilan tanishish maqsadida kuzatuvlar olib borishdi.