Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida xotin-qizlar maslahat kengashi hamda yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida “Lider qizlar” nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda xotin-qizlar maslahat kengashi raisi A.Karimova talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, yetakchilik salohiyatini rivojlantirish hamda o‘z imkoniyatlarini namoyon etishlariga ko‘maklashish masalalarida so‘z yuritdi. Suhbat ochiq va samimiy ruhda o‘tib, qizlar o‘z fikrlarini erkin bayon etishdi, foydali maslahatlar va motivatsion tavsiyalar olishdi.
2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
Oʼzbekcha
English
русский