SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

2023-yilning 17-mart kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Real iqtisodiyot kafedrasi tashabbusi bilan Tokio xorijiy tadqiqotlar universiteti bilan hamkorlikda professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirokida Ta’lim va Turizm Forumi bo’lib o’tdi. Forumda Tokio xorijiy tadqiqotlar universiteti talabalari va viloyatda joylashgan Oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan bir qator mavzularda taqdimotlar namoyish etildi. Tadbir so’ngida talabalarimiz yaponiyalik talabalar bilan yaqindan tanishib, o’zaro fikr almashishdilar.


Tadbir 2016-yil 18-sentyabrdagi 406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-iyundagi 450-sonli “2017-2023-yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-yanvardagi PF–5611-sonli “O’zbekiston Respublikasi turizmni jadal rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan