Talabalar radikalizmga qarshi: fikr, san’at va ma’rifat bilan



Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi va menejment fakultetida ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni mustahkamlash, talaba-yoshlarni turli ekstremistik va buzg‘unchi g‘oyalardan ogoh qilish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
Tyutorlar hamda buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi mudiri U.Shirinov tashabbusi bilan “Men diniy ekstremizm va terrorizmni qanday tushunaman?” mavzusida rasmlar tanlovi hamda “Jaholatga qarshi ma’rifat” va “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzularida insho tanlovlari tashkil etildi.