SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Talabalar turar joyida kechki taʼlim fakulteti tyutorlari tomonidan “Salomlashish odobi” mavzusiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi. Tadbir davomida salomlashishning insonlar oʻrtasidagi hurmat, samimiyat va muloqot madaniyatidagi oʻrni haqida fikr almashildi. Tyutorlar milliy qadriyatlarimizda salomlashishning ahamiyati, yoshlar oʻrtasida uni toʻgʻri va madaniyatli tarzda amalga oshirish zarurligi haqida batafsil tushunchalar berdilar.

Davra suhbatida talabalar ham faol ishtirok etib, oʻz fikr-mulohazalari va savollari bilan tadbirga jonlilik baxsh etdilar. Bunday maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvlar talabalar ongida axloqiy meʼyorlarning shakllanishida muhim oʻrin tutadi.


SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan