Samarqand iqtisodiyot va servis instituti vakillari Qozog‘istonda tashkil etilgan V Xalqaro pedagoglar forumida ishtirok etmoqda

2025-04-30 545
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti vakillari Qozog‘istonda tashkil etilgan V Xalqaro pedagoglar forumida ishtirok etmo...

Samarqand iqtisodiyot va servis institutining bir qator professor-o‘qituvchilari Qozog‘iston Respublikasining M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog'iston universitetida tashkil etilgan "Zamonaviy ta’lim: muammolar, tendensiyalar va strategiyalar" mavzusidagi V Xalqaro pedagoglar forumida ishtirok etmoqda.

Forum doirasida ta’limdagi global muammolar va ularning yechimlari, yangi pedagogik yondashuvlar va o‘qitish strategiyalari, hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha fikr almashuvlar olib borilmoqda.