SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti tyutori hamda fakultet koordinatori tashabbusi bilan talabalar ishtirokida “Talabalik – oltin davrim” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbati davomida talabalarga talabalik yillari hayotdagi eng qadrli va unutilmas davrlardan biri ekani, bu yillarda orttirilgan bilim va ko‘nikmalar kelajak hayotlarida muhim rol o‘ynashi haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, o‘z ustida tinimsiz ishlash, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, sog‘lom turmush tarzini olib borish va jamoada faol bo‘lishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tib, talabalar o‘z fikrlari, qiziqtirgan savollari bilan faol ishtirok etdilar.

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan