Turizm kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!" dasturi doirasida sayohatlar tashkil etilmoqda



Samarqand iqtisodiyot va servis instituti turizm kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida qiziqarli va maʼrifiy sayohatlar tashkil etilmoqda.
Sayohatlarda institutning magistrant va bakalavr bosqichi talabalari faol ishtirok etib, yurtimizning tarixiy-madaniy obidalari, tabiiy goʻzalliklari va turistik salohiyati bilan yaqindan tanishishmoqda.
Mazkur tashabbus talabalarda amaliy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, turizm sohasiga qiziqishni oshirish hamda Vatanimizning boy madaniy merosiga nisbatan hurmat tuyg‘usini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.