Talabalar turar joyida “Liderlik ko‘nikmalari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi



Talabalar turar joyida yoshlarning yetakchilik salohiyatini rivojlantirish, ularni har tomonlama komil inson etib tarbiyalash maqsadida buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti tyutorlari hamda iqtisodiy tahlil va statistika kafedrasi dotsenti Sh.Oltayev tomonidan “Liderlik ko‘nikmalari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga zamonaviy liderlik fazilatlari, jamoa bilan ishlash, qaror qabul qilish, tanqidiy fikrlash va muomala madaniyati kabi mavzular yuzasidan tushunchalar berildi.