Tyutor faoliyati



Samarqand iqtisodiyot va servis institutida talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, intellektual qobiliyatlarini oshirish, ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan yetuk kadr qilib tayyorlash maqsadida bir qator tizimli ishlar yo'lga qo'yilgan.
Bugun Servis fakulteti tyutori D.Xudoynazarova institut axborot resurs markazi xodimlari bilan hamkorlikda o'ziga biriktirilgan talabalarni kitobxonlikka targ'ib qilish, ular orasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida kitoblar taqdimotini o'tkazdi. Talabalar ARM faoliyati hamda mavjud adabiyotlar, xususan yangi kitoblar bilan tanishdi. ARM direktori I.Nematov talabalarga kerakli tushuncha va maslahatlar berdi.
ESLATMA: Institut axborot resurs markazining telegramda ham sahifalari mavjud bo'lib, u yerda siz o'zingizga kerakli kitoblarni topishingiz mumkin.