SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga Malayziyaning eng nufuzli universitetlaridan biri Universiti Utara Malaysia rahbariyati tashrif buyurdi.


Tanishuv va hamkorlik o'rnatish ruhida o'tgan uchrashuv ijobiy natijalarga boy bo'ldi. Tomonlar ilmiy va akademik sohalarda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilishdi. Birgalikda qo'shma ilmiy kollobaratsiyani amalga oshirish, birgalikda maqolalar yozish, talabalar va professor-o'qituvchilar almashinuvini yo'lga qo'yish kabi takliflar ikkala oliygoh tomonidan ham ma'qullandi.


Ma'lumot uchun: Universiti Utara Malaysia (UUM) - Malayziyaning Sintok (Keda) shahrida joylashgan davlat oliy ta'lim muassasasi. Shuningdek, uning Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda ham filial kampusi mavjud. Universitet 1984-yil 16-fevralda tashkil etilgan. UUM QS World University Rankings xalqaro reytingida 2023-yilda 481-oʻrinni egalladi. UUM shuningdek, Times Higher Education (THE) 2023 reytingida 99-oʻrinni egallab, Malayziya boʻylab uchinchi raqamli oliy ta'lim muassasasiga aylandi.


SamISI Matbuot xizmati

Telegram|Facebook|Instagram|web_sayt

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan