Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida talabalarda kattalarga hurmat, kasbiga sadoqat, o'zaro mehr-oqibat, ma'suliyat, shukronalik, tejamkorlik, mamlakat kelajagiga daxldorlik fazilatlarini rivojlantirish maqsadida "Uch avlod" uchrashuvlari tashkil etib kelinmoqda.
Mazkur uchrashuvlardan biri bank-moliya xizmatlari fakulteti talabalari ishtirokida boʻlib oʻtdi. Unda institutda uzoq muddatdan buyon samarali mehnat faoliyati olib borayotgan professor Zaynalov Jahongir Rasulovich ishtirok etib, talabalarga oʻz tavsiya va maslahatlarini berdi.
2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
Oʼzbekcha
English
русский