“Yashil texnologiyalarni joriy etishda tadbirkorlik subyektlari uchun investitsion rag‘batlar” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

2025-10-13 95
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
“Yashil texnologiyalarni joriy etishda tadbirkorlik subyektlari uchun investitsion rag‘batlar” mavzusida seminar-trening o‘tk...

“Yashil texnologiyalarni joriy etishda tadbirkorlik subyektlari uchun investitsion rag‘batlar” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Real iqtisodiyot” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Samarqand viloyati Savdo-sanoat palatasi xodimlari uchun “Yashil texnologiyalarni joriy etishda tadbirkorlik subyektlari uchun investitsion rag‘batlar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga yashil iqtisodiyot tamoyillari, ekologik toza texnologiyalarni amaliyotga joriy etishning afzalliklari, tadbirkorlik subyektlari uchun mavjud investitsion imkoniyatlar hamda ushbu yo‘nalishda davlat tomonidan yaratilayotgan rag‘batlantirish mexanizmlari haqida ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob oldilar hamda mavzu yuzasidan fikr almashdilar.