Samarqand iqtisodiyot va servis universiteti barcha iqtidorli, tashabbuskor va innovatsion fikrlovchi talaba-yoshlarni YUNESKO (UNESCO) tomonidan tashkil etilayotgan “Play Your Part: Youth Designing the Future of Media and Information Literacy” xalqaro Youth Hackathon – 2026 tanlovida ishtirok etishga taklif etadi.
Mazkur xalqaro tanlov yoshlarning media va axborot savodxonligi, sun’iy intellekt, raqamli xavfsizlik, dezinformatsiya hamda yolg‘on axborotlarga qarshi kurashish yo‘nalishlarida innovatsion g‘oyalar va amaliy yechimlar ishlab chiqishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
📌Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin?
✅18–30 yoshdagi yoshlar;
✅ 2–6 nafar a’zodan iborat milliy yoki xalqaro jamoalar;
✅ Jamoalarni shakllantirishda gender tengligi va inklyuzivlik tamoyillariga rioya etish tavsiya etiladi.
📚Asosiy yo‘nalishlar:
🔹 Sun’iy intellekt va media savodxonligi (AI & MIL);
🔹 Raqamli davrda media va axborot savodxonligi ta’limi;
🔹 Jamiyatni media va axborot savodxonligi orqali rivojlantirish;
🔹 Yoshlarning media va axborot savodxonligidagi faolligini oshirish;
🔹 Mavzuga mos boshqa innovatsion g‘oyalar (Open Track).
📄Loyiha quyidagi shaklda ingliz tilida topshiriladi:
• Loyiha tavsifi (PDF yoki Word formatida);
• 3 daqiqagacha bo‘lgan taqdimot videosi (Pitch Video).
🏆G‘oliblarni nimalar kutmoqda?
•Eng yaxshi jamoalar 2026-yil 26–28-noyabr kunlari Gretsiyaning Saloniki shahrida bo‘lib o‘tadigan “Voices: European Festival of Journalism and Media Freedom” xalqaro festivalida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
•UNESCO g‘olib jamoalarning ikki nafar a’zosi uchun Gretsiyaga aviaqatnov, yashash va ovqatlanish xarajatlarini to‘liq qoplaydi.
📅Arizalarni topshirishning so‘nggi muddati: 2026-yil 16-avgust.
🔗Ariza topshirish: https://tally.so/r/MePkYk
💡Aziz talabalar! Innovatsion g‘oyalaringizni xalqaro maydonda namoyish etish, yangi tajriba orttirish va dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan yoshlar bilan hamkorlik qilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.
2026-yil "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
Oʼzbekcha
English
русский