SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi” bakalavriat ta’lim yo’nalishlari: 60410100 - “Buxgalteriya hisobi va audit” (tarmoqlar va sohalar bo’yicha).  Qozon davlat universiteti bilan qo’shma ta’lim asosida: “Buxgalteriya hisobi”  hamda Magistratura mutaxassisliklari: 70410102 - “Audit (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)” bo’yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlamoqda. 

Hozirgi kunda 15 shtat birligi mavjud bo‘lib, 16 nafar professor-o‘qituvchi hamda 1 nafar kabinet mudiri, 1 nafar lobarant faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan:

 1 nafari iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor;

 1 nafar iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor;

 2 nafari iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent;

 3 nafari iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent bazifasini bajaruvchilar; 

 3   nafari o‘qituvchi (assistent);

 6 nafar assistant stajer.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan mustaqillik davrida 10 dan ortiq darslik (vazirlik grifi asosida),  15 ga yaqin o‘quv qo‘llanmalar (vazirlik grifi asosida), 20 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar va uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlanib nashr qilindi. Shuningdek, shu davr mobaynida kafedra jamoasi tomonidan 1000 ga yaqin xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda maqolalar chop etilgan. Jumladan, 10 dan ortiq Scopus bazasidagi jurnallar ham shular jumlasidandir.

«Buxgalteriya hisobi» kafedrasi Samarqand iqtisodiyot va servis institutining eng ko‘hna kafedralaridan biridir. U 1931 yilda tashkil etilgan. O‘zining o‘tgan 92 yillik  tarixiga ega bo‘lgan “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi nafaqat buxgalteriya hisobi, nazorat, taftish hamda audit fanlari ravnaqiga, balki boshqa iqtisodiy  fanlarining o‘qitilishiga va ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan. 

Kafedra 1931-2004 yillar davomida “Buxgalteriya hisobi” deb nomlangan, 1996 yili “Buxgalteriya hisobi” kafedrasidan “Audit” kafedrasi ajralib chiqqan. 1998 yili kafedralar birlashtirilib “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi deb nomlangan, 2022 yil kafedra negizida “Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi ajralib chiqqan. 2022 yildan eʼtiboran “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi deb nomlangan. 

Kafedrada quyidagi professor-o‘qituvchilar mudirlik qilgan: dotsent D.V. Mezensev (1931-1934); dotsent B.G.Kanter (1935-1963); professor I.K.Slepnev (1963-1964); professor I.T.Abdukarimov (1964-1967); dotsent K.F.Abdukarimova (1967-1982); professor K.D.Kudbiyev (1982-1987); dotsent H.N.Musayev (1987-1992 hamda 2004-2008); professor K.B.Urazov (1992-2004 hamda 2008-2020); professor S.N.Tashnazarov (2020 yildan hozirgi kungacha) 

“Buxgalteriya hisobi” kafedrasi respublikamizda sohaga oid eng ko‘p fan doktorlarini yetishtirgan kafedra hisoblanadi. Bular - Kudbiyev Davlat Kudbiyevich, Pardayev Abdunabi Xaliqovich, Ibragimov Nozir Aliyevich, Musayev Hasan Narzikulovich, Pardayev Mamayunus Qarshiboyevich, Urazov Komil Baxramovich, Isroilov Bahodir Ibragimovich, Qurbonov Ziyod Niyazovich, Ismanov Ibrohim Nabiyevich, Tashnazarov Samiddin Nizamovichlardir.

Mustaqillik yillari davrida “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi iqtisodiyot fanlari doktori, professor Komil Baxramovich Urazov rahbarligida katta yutuqlarga erishildi, kafedraning malakali professor-o`qituvchilari shakllantirildi, zamonaviy darslik va o`quv qo`llanmalar yaratildi, buxgalteriya hisobi va audit bo`yicha maktab yaratildi. 

Yangi O`zbekiston sharoitida Prezidentimiz tomonidan 2020 yil 24 fevralda 4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o`tish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori qabul qilinishi sohaning rivojlanishi, kafedramizning bilim va malakalarini oshirish bo`yicha katta imkoniyatlarni ochib berdi. Kafedra innovasion raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobini rivojlantirish, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida darslik va o`quv qo`llanmalar yaratish, professor-o`qituvchilarni xalqaro standartlar bo`yicha malaka oshirishni tashkil etish, rivojlangan mamlakatlardagi universitetlar tajribasini o`rganish, xalqaro talablarga javob beradigan o`quv rejalar, fan dasturlarini va sellabuslarni yaratish, ingliz tilida mutaxassislik fanlaridan dars berish, dars jarayonida innovasion texnologiyalardan keng foydalanish, kredit modul tizimini samarali joriy etish, ta’lim sifatini oshirish borasida keng qo`lamli ishlarni amalga oshirmoqda.

Bugungi kunda kafedra Rossiya kooperasiya universiteti, Kazan Federal universiteti hamda Turkiyaning Istanbul shahridagi Bog’azichi universiteti bilan hamkorlikni yo`lga qo`yilgan.

Keyingi ikki yil ichida kafedramiz olimlari tomonidan samarali ilmiy-tadqiqotlar olib borilishi natijasida yosh o`qituvchilarimiz Bobur Boronov, Dildora Pashaxadjaeva, Zarrux Muxammadiev, Zaynab Eshpo`latova, Uchqun Shirinov, Oybek Ne’matovlar 08.00.08-“Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosligidan dissertasiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilib, iqtisodiyot fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo`lishdi.  

Keyingi yillarda respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalaridagi “Buxgalteriya hisobi va audit” yo`nalishi, “Buxgalteriya hisobi” va “Audit” mutaxassisliklari uchun mukammal darsliklar va o`quv qo`llanmalar yaratilmoqda. Bularga quyidagi mualliflar ishlarini kiritish mumkin: Tashnazarov S.N. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari: Oliy o`quv yurtlari magistratura mutaxassisliklari uchun darslik.– Toshkent: «IQTISOD-MOLIYA», 2019. – 584-b. https://www.academia.edu,; Z.B.Eshpulatova. Biznesda buxgalter.(1-qism).TURON NASHR. Samarqand, 2022, 501 b. ISBN:978-9943-8732-9-2; D.D.Pashaxodjaeva. Vvedeniye v buxgalterskiy uchyot. Uchebnoye posobiye. Samarqand, “Turon nashr” 2022 yil. 315-bet, ISBN: 978-9943-8731-1-7;S.N. Tashnazarov, D.D.Pashaxodjaeva. Xalqaro hisob asoslari. O`quv qo`llanma. SamISI. 2020 yil. 287-bet.;  R.Rafeev, Z.B.Eshpulatova. Osobennosti buxgalterskogo uchyota v drugix otraslyax. Uchebnoe posobie. SamIES, 2021, -491 s; S.N.Tashnazarov, D.R.Rafeev. Buxgalteriya hisobiga kirish. O`quv qo`llanma. Samarqand, SamISI., 2022 yil.

Institutning “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tasdiqlangan o‘qitish jadvaliga asosan akkreditasiyadan o‘tgan “Tashkent  Institute of Business Administration” MChJ o‘quv markazida ASSA buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida “Moliyaviy hisobotning halqaro standartlari” hamda “Auditning halqaro standartlari” o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlab, tegishli sertifikatlarni olishdi.        

“Buxgalteriya hisobi” kafedrasi jahon universitetlarining tajribasini o`rganish asosida 2021-2022 o`quv yilidan yangi o`quv rejalar asosida mutaxassislar tayyorlashga o`tdi. Ushbu o`quv rejalarda ASSA xalqaro tashkilotning sertifikatlash doirasida quyidagi fanlar o`quv rejasiga kiritildi: Biznesda buxgalter (F-1-Accountant in Business); Boshqaruv Buxgalteriya Hisobi (F-2-Management Accounting); Moliyaviy Buxgalteriya Hisobi (F-3-Financial Accounting);  Korporotiv va Biznes huquq (F-4-Corporate and Business Law);  Samardorlik menejmenti (F-5-Performance Management); Soliqqa tortish (F-6-Taxation); Moliyaviy hisobot (F-7-Financial Reporting); Audit va Eshurens (F-8-Audit and Assurance); Moliyaviy menejment (F-9-Financial Management) fanlari kiritildi.

  “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi jamoasining kelajakdagi istiqboli bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan va  mustaqil fikrlaydigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.

Tashnazarov Samiddin Nizamovich
Icon

Tashnazarov Samiddin Nizamovich

Icon

Kafedra mudiri

Pashaxodjaeva Dildora Djabborxonovna
Icon

Pashaxodjaeva Dildora Djabborxonovna

Icon

Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.

Eshpulatova Zaynab Baratovna
Icon

Eshpulatova Zaynab Baratovna

Icon

Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b.

Sattorov Tohir  Tolmas O’g’li
Icon

Sattorov Tohir Tolmas O’g’li

Icon

Asissent

Eshonqulov Akmal  Qudratovich
Icon

Eshonqulov Akmal Qudratovich

Icon

Asissent

Axmedjonov Abdufatto
Icon

Axmedjonov Abdufatto

Icon

-

Rafeyev Davron
Icon

Rafeyev Davron

Icon

Dotsent

Turaboyev Temurbek Xusanovich
Icon

Turaboyev Temurbek Xusanovich

Icon

-

Djumayeva Guzal Axtamovna
Icon

Djumayeva Guzal Axtamovna

Icon

Assistent

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan