Investitsiya va innovatsiyalar kafedrasi



1. «Investitsiya va innovatsiyalar»kafedrasi institut rektorining 2022 yil 5sentyabrdagi 138-f sonli buyrug’i bilan tashkil etilgan.
2. «Investitsiya va innovatsiyalar»kafedrasi «Bank-moliya xizmatlari» fakulteti tarkibiga kiradi.
3. «Investitsiya va innovatsiyalar» kafedrasining qisqacha tarixi.
«Investitsiya va innovatsiyalar»kafedrasi institut rektorining 2022 yil 5-sentyabrdagi 138-f sonli buyrug’i bilan tashkil etilgan bo‘lib, кafedra jamoasi 2022 yil sentyabrda shakllantirildi va 15 shtat birligida o’z faoliyatini boshladi.
4.Kafedraga 60411000 – Investision loyihalariga xizmat ko‘rsatish va moliyalashtirish va 60412700 – Baholash ishi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash vazifasi yuklatilgan.
Xozirgi kunda 16,75 shtat birligi mavjud bo‘lib, 13 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda, 3 nafar ichki va 5 nafar tashqi o‘rindosh, hamda 1 nafar kabinet mudiri faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 1 nafari iqtisodiyot fanlari doktori, professor, 2 nafari iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent, 8 nafari iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent v.b. , 4 nafari katta o‘qituvchi hamda 6 nafari o‘qituvchi (assistent hamda assistent-stajor)lardir. Shular qatorida tajribali tegishli soha xodimlari o‘z mehnat faoliyatini olib bormoqdalar.
Kafedra tashkil etilgandan buyon kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 5 dan ortiq darslik (vazirlik grifi asosida), 20 ga yaqin o‘quv qo‘llanmalar (vazirlik grifi asosida), 25 dan ortiq uslubiy qo‘llanmalar va uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlanib nashr qilindi. Shuningdek, shu davr mobaynida kafedra jamoasi tomonidan 2000 ga yaqin xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda maqolalar chop etilgan. Jumladan, 5 dan ortiq Scopus bazasidagi jurnallar ham shular jumlasidandir.
Shuningdek, kafedra a’zolari tomonidan quyidagi mavzularda respublika ilmiy-amaliy anjumanlari tashkil etildi:
1. “Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda investitsion jozibadorlikni oshirish muammolari va yechimlari” (2023 yil 29-30 noyabr)
2. “Yashil iqtisodiyotda innovatsion va investitsion faoliyatni rivojlantirish: muammolar va yechimlar” (2024 yil 22-23 noyabr)
3. “Yashil texnologiyalarga investitsiyalar: barqaror rivojlanish yo‘lidagi muammolar va imkoniyatlar” (2025 yil 24-25 oktabr)
«Investitsiya va innovatsiyalar»kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi «Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-60-son qarori, institut Kengashining 2022-yil 7 iyuldagi 11-son yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash, institut fakultetlari hamda kafedralarni optimallashtirish hamda ularning faoliyatini takomillashtirish maqsadida institut rektorining 2022 yil 5sentyabrdagi 138-f sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan.
Kafedra jamoasi 2022 yil sentyabrda shakllantirildi va 15 shtat birligida o‘z faoliyatini boshladi. Kafedraga mudiri etib i.f.d., professor A.B.Bektemirov bir ovozdan ma‘qullandi.
Kafedraga 60411000 – Investision loyihalariga xizmat ko‘rsatish va moliyalashtirish va 60412700 – Baholash ishi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash vazifasi yuklatilgan.
Kafedrada i.f.d., professor A.Bektemirov, i.f.f.d (PhD), dotsent. N.X.Ruzibayeva, i.f.f.d (PhD), dotsent v.b. A.A.Turayev, i.f.f.d (PhD), dotsent v.b. A.A.Bekmurodov, katta o‘qituvchi O.Y.Ashurova, katta o‘qituvchi D.F.Nasirov, katta o‘qituvchi E.A.Nozimov, katta o‘qituvchi G.T.Qarajanova, assistent Z.H.Rafiyeva, assistent-stajyor G.A.Xolmirzayeva, assistent-stajyor M.S.Qarshiyeva, assistent-stajyor Y.J.Xaqnazarova, assistent-stajyor A.A.Axrorovkabi yetakchi professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadi.