Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi



Samarqand kooperativ institutida hali Mustaqillikdan oldin 1990-yil iyun oyida O‘zbekistonda birinchi bo‘lib “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi tashkil etiladi. Rektor A.S.Soliyev “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasining asoschisi va birinchi mudiri hisoblanadi.
Bugungi kunda "Iqtisodiyot nazariyasi" kafedrasi institutning "Iqtisodiyot" fakulteti tarkibidagi mutaxassislik kafedrasi hisoblanadi.
Kafedrada 60310400-Iqtisodiy xavfsizlik yo’nalishi bo‘yicha bakalavrlar tahsil olmoqda.
Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi Samarqand shahar, Amur Temur ko’chasi 9 uy, 2-bino, 311 xonada joylashgan.
Kafedra mudiri – Ayubov Ilyosxon Ilxomovich, iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent. ayubovilyos@sies.uz
Kafedra tarixi institut tarixi bilan chambarchas bogʼliq. Kafedra 1931 yil «Siyosiy iqtisod» kafedrasi nomi bilan tashkil qilingan boʼlib, birinchi kafedra mudiri, dotsent X.D.Minubaev, keyinchalik esa unga taniqli yozuvchi Muso Toshmuxammedov (Oybek) rahbarlik qilgan. Oʼsha vaqtlarda kafedra institutining yetakchi kafedralaridan biri boʼlib, unda 9 nafar dotsent faoliyat yuritgan.
1936 yilda kafedraning nomi “Ijtimoiy - iqtisodiy fanlar” kafedrasi nomi bilan almashtirilgan. Kafedraga prof. I.I.Shtern mudirlik qilib unda 2 ta professor, 5 ta dotsent va 1 ta oʼqituvchi faoliyat yuritgan. 1938-1940 yillarda kafedra mudirligini V.Mishen, keyinchalik dotsent А.F.Kalujin (1940-1941 yy), dotsent M.S.Toʼrayev (1942-1945 yy) dotsent А.T.Svetlichniy (1945-1960 yy), dotsent N.F.Аbdullaev (1960-1978 yy), dotsent O.E.Qodirqulovlar (1978-1993 yy) bajarishgan. Oʼsha davrlarda kafedrada prof. Z.Mendelson, dotsentlar А.N.Sidorov, N.F.Аbdullaev, F.F.Аmonullaev, N.Sh.Sirojev, Sh.R.Аbdullaev, H.H.Qurbonovalar ishlagan.
Kafedra 1992 yildan boshlab «Iqtisodiyot nazariyasi» kafedrasi deb yuritila boshlandi va unga prof. Oʼ.R.Rashidov (1993-1998 yy), dotsent R.Qarshiev (2001-2008 yy) rahbarlik qildi.
2004 yil kafedra «Falsafa va Oʼzbekiston tarixi» kafedrasi bilan birlashtirilib, «Ijtimoiy – gumanitar fanlar» kafedrasiga oʼzgartirildi. Kafedra mudiri etib prof. S.K.Karimov tayinlandi. Respublikada taʼlim sohasidagi tarkibiy oʼzgarishlar, yangi taʼlim yoʼnalishlarini shakllantirish zaruratidan kelib chiqqan holda iqtisodiyotning barcha yoʼnalishlari, jumladan servis sohasi boʼyicha mutaxassislar tayyorlash uchun 2004 yil 26 martda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Samarqand iqtisodiyot va servis instituti”ni tashkil etish toʼgʼrisidagi 144- sonli qarori qabul qilindi va shunga muvofiq kafedra institut ilmiy kengashining 2005 yil 28 oktyabrdagi 2 - son qarori va institut rektorining 2005 yil 7 dekabrdagi 147 «F» - sonli buyrugʼi asosida «Kasb taʼlimi» kafedrasi nomi bilan qayta tashkil qilindi. 2006 yil 21 fevralda kafedraning rasmiy ochilish takdimoti boʼlib oʼtdi va kafedra mudiri etib dotsent R.Qarshiev tayinlandi. Keyinchalik kafedraga i.f.d.prof., M.M.Muxammedov (2008-2013 yy), 2013 yil may oyidan boshlab, hozirgi kungacha pedagogika fanlari nomzodi, dotsent O.J.Suyunov rahbarlik qilib qilmoqda.
Turli yillar davomida kafedrada X.M.Miftaxov, M.T.Rustamov, K.А.Pogrebinskaya, А.M.Isakov, Z.T.Nasretdinov, E.X.Davlekanova, Z.Yu.Poʼlatov, Z.H.Haydarov, H.V.Vafoev, Sh.R.Roʼzmetov, А.Z.Umarov, M.M.Mirzaeva, O.D.Hamroqulova, S.J.Jalilov, А.S.Siddiqov, А.Sh.Muzrupxanov kabi prof.-oʼqituvchilar faoliyat yuritishdi.
Kafedra aʼzolaridan prof. Toʼraev M.S. - 1944-1951 yillarda, prof. Rasulov M.R. – 1961-1968 yillarda, prof. Sulaymonov Sh.S. - 1968-1986 yillarda, prof. Аliqulov E.А. - 1986-1988 yillarda va prof. Muxammedov M.M. - 1993-1998 yillar davomida institut rektori, Pak N.I., Zugurov I.R., Qarshiev R.Q., Rashidov Oʼ.R. lar institut prorektori, Karimov I.Gʼ., Аbdullaev Sh.R., Sirojev N.Sh., Oripov J.O. fakulьtet dekani lavozimlarida faoliyat olib borishgan.
Kafedra nomining oʼzgarishi hamda unga yangi fanlar kirib kelishi natijasida, kafedra professor-oʼqituvchilarining yangi tarkibi shakllandi. Hozirgi kunda kafedrada iqtisod fanlari doktori, professor M.M.Muxammedov, dotsentlar R.Q.Qarshiev, J.O.Oripov, А.B.Shakarov, L.N.Xalikova, N.X.Xusanov, N.А.Kamilova, katta oʼqituvchilar N.Temirova, D.J.Norboeva, А.Q.Toʼxtamishev, А.M.Shonazarov, assistentlar L.А.Musabaeva, Yu.P.Urunbaeva, I.X.Nasimov, Oʼ.Zubaydullaeva, U.X.Xolboev oʼz pedagogik faoliyatlarini amalga oshirmoqdalar. Kafedrada oʼquv, oʼquv-uslubiy, tashkiliy-uslubiy hamda maʼnaviy – maʼrifiy ishlarni samarali olib borilishida kabinet mudiri Y.M.Xalikov, laborantlar N.N.Djalilova, Sh.А.Qoʼldoshevlarning hissasi katta.
Hozirgi kunda kafedrada “Iqtisodiyot nazariyasi” bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlab kelinmoqda. Kafedra professor – oʼqituvchilari tomonidan jami 4 ta fanning sir-asrorlari boʼyicha bilim, malaka va koʼnikmalar shakllantirilmoqda. “Iqtisodiyot nazariyasi”, “Mikroiqtisodiyot”, “Makroiqtisodiyot” va “Iqtisodiy xavfsizlik” kabi fanlar institutning barcha taʼlim yoʼnalishlarida oʼqitilib kelinmoqda.


Ayubov Ilyosxon Ilxomovich

Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi mudiri


Muxammdedov Murod Muxammedovich

Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi professori


Xalikova Lola Nazarovna

Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi dotsenti


Shakarov Allayor Baratovich

Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi dotsenti


Ulashev Xubbim Asqarovich

Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi dotsenti


Kamilova Nargiza Abduqqaxorovna

Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi dotsenti


Urunbayeva Yulduz Pirnazarovna

Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi dotsenti


Ishankulova Feruza Asadovna

Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi katta o'qituvchisi


Salomov Farrux Fatoyevich

Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi katta o'qituvchisi


Iskandarov Begzod Abdujalilovich

Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi katta o'qituvchisi


Xolboyev Umid Xolboyevich

Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi assistenti


Kuldoshev Sherzod Alimardonovich

Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi assistenti


Ablaizov Akbar Abduvafo o’g’li

Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi assistenti


Raxmonov Aziz

Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi assistenti


Mansurova Muzaffara Maqsudovna

Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi assistenti


Xalikov Yo’lchi Muxamadyusupovich

Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi kabinet mudiri


Hamraqulova Oydin Davronovna

i.f.n., prof.v.b. 08.00.01-siyosiy iqtisodiyot


Amirov Temur Mashrab o'g'li

O'qituvchi


Ibragimova Madina

O'qituvchi


Shodmonova Zubayda Ubaydullayevna

O'qituvchi


Shukurov Tohirjon Izzatillo o'g'li

O'qituvchi


Suyarov Hazratqul Usmonqulovich

O'qituvchi