SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

    1. “Jismoniy madaniyat” kafedrasi 1931- yilda tashkil etilgan.
    2. Fakultetlararo kafedralar tarkibiga kiradi.
Kafedramiz 1931 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bunga quyidagi o‘qituvchilar rahbarlik qilib keldilar: Dotsent Brimov S.V, Lebedev N.D., Burchinskiy K.V. Kapustyanskiy K.I. Vereychik P.A. CHirchikov S.P. Ishonkulov A.I. Sorokina L.K, Kapul N.L. Kim V.I. (1961-1971), dots. Kurbanova Z.S. (1971-1991), Kim V.S. (1991-2002), Axtamov J.B. (2002-2013), Jumanov X.G.(2013-2025) J.Axtamov, hozirgi kunda Z.A.Abdilaxatov jismoniy madaniyat kafedrasi mudirligi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kafedramiz tashkil topganiga 94-yil to‘lganligi bu quvonchli holdir. Kafedramiz tashabbusi bilan respublikamizda sportning barcha turlari bo‘yicha tan olingan, katta xizmatlari bor o‘qituvchi-murabbiylar taklif etilib, ularning ish tajribalari, zaruriy saboqlari ham ommalashtirilib borilmoqda. Hozirgi kunda kafedramizda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar quyidagilar jismoniy madaniyat kafedra mudiri Z.A.Abdilaxatov, dotsent v.b Sh.A.Dusanov, katta o‘qituvchi J.A.Samatov, D.T.Tangirov, R.O.Obloberdiyevalar o‘quvchilarga sifatli ta’lim berib kelmoqda.
Jismoniy madaniyat kafedrasida quyidagi sport turlaridan mashg‘ulotlar tashkil etilgan
    1. Voleybol
    2. Badminton
    3. Stol tennis
    4. Shaxmat
    5. Mini tutbol
    6. Basketbol 
Ushbu sport turlaridan insitutimiz talabalar jamoasi shakillantirilib talabalar ligasi, besh tashabbus, universiada va boshqa nufuzli musobaqalardan faxirli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqdalar.

Kafedramiz 1931 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bunga quyidagi o‘qituvchilar rahbarlik qilib keldilar: Dotsent Brimov S.V, Lebedev N.D., Burchinskiy K.V. Kapustyanskiy K.I. Vereychik P.A. CHirchikov S.P. Ishonkulov A.I. Sorokina L.K, Kapul N.L. Kim V.I. (1961-1971), dots. Kurbanova Z.S. (1971-1991), Kim V.S. (1991-2002), Axtamov J.B. (2002-2013), Jumanov X.G. (2013). Institutimiz jismoniy tarbiya va sport hayotida ham katta yutuqlarni qo‘lga kiritganligi hammaga ma’lum. 1961-1980 yillar ichida bu kafedrada ta’lim olgan o‘nlab chempionlarni tilga olishimiz mumkin. Bulardan engil atletika bo‘yicha sobiq SSSR chempioni V.Tabachev, fextovaniya bo‘yicha jaxon chempioni bo‘lgan P.Lukacher, O‘zbekiston chempionlari YU.Proxorov, O.Azizmurodov, O.Asedov, YU.Ataev, P.Ilin kabilar bilan barchamiz faxrlanamiz. 

1971 yil kafedra shtati ko‘payadi. Kafedrada Kurbanova Z.S. kafedra mudiri, E.O.Batuev, X.A. Artiqov, I.YA. Lutfullaev, N.A.Korsunskaya, A.M. Mexno, N.A.Lenev, X.A.Akilov, V.I. Ejel, A.A. Arutyunov, S.S. Makaryanslar jismoniy tarbiya darslarni tashkil qilish bilan bir qatorda darsdan tashqari vaqtlarda talabalar vaqtini unumli utkazish borasida sport turlari bo‘yicha to‘garaklarga jalb qilib, mahoratlarini shakllantirib turli hil sport tadbirlari va musobaqalarga ishtirokini ta’minlab kelgan. YUqorida nomlari keltirilgan mutaxasis-murabbiylar qo‘l ostida tarbiyalangan sportchi-talabalar sport turlari bo‘yicha SSSR va Respublika terma jamoalarida mahoratlarini oshirib kelgan. Ular orasida sport turlari bo‘yicha 18 nafar sport ustasi, 54 nafar sport ustaligiga nomzod, 78 nafar birinchi razryad, 1388 nafar sportchi-talabalar ommaviy razryad, 1051 nafar talabalar GTO nishondorlari va 7 nafar talaba sport turlari bo‘yicha SSSR terma jamoasi a’zosi hamda 17 nafar sportchi-talabalarimiz esa O‘zbekiston Respublikasi terma jamoalari safida faoliyat olib borgan. 

1980-1990 yillarda, bir necha bor shaxrimizdagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilib kelinayotgan jismoniy tarbiya va sport tadbirlarida hamda, musobaqalarida yuqori natijalarga erishib kelingan. Bugunga kelib, institutimiz jamoasi tomonidan jismoniy tarbiya va sportga berilayotgan g‘amxo‘rlik va rahnamolik oshib bormoqda. Mavjud sport inshoatlari ta’mirdan chiqarilib, sport ishqibozlari bo‘lgan talaba-yoshlarimizga doimiy sport jihozlari va institut simvoli tushirilgan sport kiyimlar bilan ta’minlangan va barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

1991 yillarda kafedramizda quyidagi mutaxasislar faoliyat olib bordi. SHu davrda Kim V.S kafedra mudiri, Kurbanova Z.S. Muxammedov K.R. Kim L.X. Muqumov O.M. Niyozov R.A lar institut talaba-yoshlarini jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan mehrini oshirib ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini tarkib toptirish maqsadida jismoniy tarbiya darslaridan tashqari turli xil jismoniy tarbiya va sport tadbirlari hamda sport turlaridan musobaqalar tashkil qilib, viloyatimiz va respublikamiz miqiyosida o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etib yuqori natijalarni qo‘lga kiritib kelgan.

2000 yildan boshlab Respublikamizda tashkil qilingan uch bosqichli sport musobaqasi tizimining “Univerasiada“ sport musobaqasida institutimiz talaba-sportchilari qatnashib yuqori natijalarini ko‘rsatib kelmoqda. Buxoroda o‘tkazilgan “Universiada-2002“ sport musobaqalarida institutimizning voleybol (qizlar) jamoasi qatnashib fahrli natijalarni ko‘lga kiritdi. Undan tashqari talaba-sportchilarimiz basketbol, qo‘l to‘pi, kurash va boshqa sport turlaridan saralanib viloyatimizning asosiy tarkib jamoalari safida qatnashib nufuzli musobaqalarda ishtirok etib institutimiz, viloyatimiz va Respublikamiz shanini himoya qilib kelmoqda. 2004 yil Samarqandda o‘tkazilgan “Universiada-2004“ sport musobaqasida institutimiz voleybol (qizlar) jamoasi Muxammedov K.R. murabbiyligi ostida eng yuqori natijani egallab universiada g‘olibi bo‘lishgan. Bu jamoamiz 2002-2007 yillar O‘zbekiston Respublikasi voleybol bo‘yicha Oliy liga musobaqalarida qatnashib faxrli o‘rinlarni egallab kelgan. SHu yillar institutimiz talabalari opa-singil Mamedovalar sportning yozgi biatlon turi bo‘yicha ko‘p karra O‘zbekiston va Osiyo chempionlari bo‘lib keldilar. Jaxon chempionatlarida qatnashib kuchli oltilikdan o‘rin egallagan. Eng quvonarli tomoni shundaki, Samarqand shaxridagi oliy ta’lim muassasalar o‘rtasida an’anaviy tarzda xar yil o‘tkazilib kelinayotgan sport musobaqalarida bizning oliy ta’lim muassasamizga Samarqand Davlat Universiteti talabalari asosiy raqib jamoalar bo‘lib hisoblangan, shunday bo‘lishiga qaramay barcha sport musobaqalarida SamDU jamoasi, yoki bizning institut jamoasi g‘oliblikni qo‘ldan boy bermay kelmoqda.

2002 yilga kelib, kafedrada quyidagi professor-o‘qituvchilar J.B Axtamov (kafedra mudiri), L.X. Kim sport klub raisi, K.R Muxammedov, X.G. Jumanov, V.P Plotnerlar faoliyat olib borgan. 

2007 yil Amerikaning Pensilvaniya shtatida karate sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan jaxon chempionatida institutimiz talabasi Karimov Feruz birinchi o‘rinni egallab jaxon chempioni bo‘lib qaytdi. 

2009 yil Taylandning Bangkok shaxrida o‘tkazilgan muay-tay bo‘yicha jaxon chempionatida institutimiz talabasi Xudoyberdiev Abdullo finalda Bangkoklik sportchi ustidan g‘alaba qozonib jaxon chempioni bo‘ldi.

2010 yil Taylandning Bangkok shaxrida muay-tay bo‘yicha o‘tkazilgan jaxon chempionatida Ibragimov YUsuf og‘ir vaznda barcha raqiblari ustidan g‘alaba qozonib jaxon chempioni bo‘ldi. 2011 yil Rossiyaning Sankt-Peterburg shaxrida o‘tkazilgan muay-tay bo‘yicha jaxon birinchiligida qatnashib faxrli II-o‘rinni egalladi.

2013 o‘quv yil davomida ham, kafedrada o‘qituvchilar shtati ko‘paydi va quyidagi o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. X.G.Jumanov (kafedra mudiri), J.B Axtamov, K.R Muxammedov, D.B Mamaziyatov, M.A Hotamov, X.Ortiqov, Kim L.X. Kafedrada jismoniy tarbiya fani I-II kurslarda xaftasida 2 soat va valeologiya fani I-kurs talabalariga darslarni tashkil qilish bilan birga, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida darsdan tashqari vaqtlarda kafedramizning mahoratli professor-o‘qituvchilari tomonidan 10 tadan ziyod sport turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil qilingan bo‘lib, ularda institutning 300 dan ziyot o‘g‘il-qiz talaba-yoshlari jalb qilinib, salomatliklarini mustahkamlash bilan birga, sport turlari bo‘yicha mahoratlarini shakllantirib kelmoqda. 

2013 yil Buxoroda shahrida o‘tkazilgan “Universiada-2013“ sport musobaqasida suzish sporti bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada talabamiz Guluev Parviz finalda qatnashib faxrli III-o‘rinni egalladi. 

2014-2015 yilda Tagaev Bobirjon muay-tay bo‘yicha kattalar o‘rtasida Respublika, 2014 yilda Taylandning Bangkok shaxrida Osiyo, 2015 Taylandda Butun Jaxon Universiadasi chempionatida 63,5 kg vaznda chempioniligini qo‘lga kiritdi. 

2015 yilda kattalar o‘rtasida Armreysling bo‘yicha Respublika birinchiligi musobaqasida Umarov Abdulatif 85 kg vaznda O‘zbekiston chempionligini qulga kiritdi.

Institut va kafedra jamoasi ushbu chempionlarni Respublikamiz qolaversa, Osiyo, Jaxon miqiyosida yuqori natijalarga erishishda katta xissasi bor. 

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kafedramiz tashkil topganiga 94-yil to‘lganligi bu quvonchli holdir. Kafedramiz tashabbusi bilan respublikamizda sportning barcha turlari bo‘yicha tan olingan, katta xizmatlari bor o‘qituvchi-murabbiylar taklif etilib, ularning ish tajribalari, zaruriy saboqlari ham ommalashtirilib borilmoqda. 

 Kafedrada talabalar o‘rtasida besh tashabbus va talabalar ligasi sport musobaqalariga talabalar faol ishtirok etib kelmoqda jumladan quyidagi talabalar O‘zbekiston chempionati, Osiyo chempionati hamda jahon birinchiliklarida faxirli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar

Abdivaliyeva Nilufar Murtoza qizi tennis bo‘yicha bir necha bor O‘zbekiston chempioni

Abdullayev Parviz Xusan o‘g‘li sportning muay tay turi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni

Abduxalimov Jahongir Asqad o‘g‘li sportning o‘zbek jang san’ati turi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni

Turakulov Shahriyor Baxodirovich sportning karate wkf turi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni

Komilova Sabina Komilovna sportning karate wkf turi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni

Xamidov Siyovush sportning shaxmat turi bo‘yicha O‘zbekiston chempioni

Baxtiyorova Ruxsora Ixtiyorovna

Nosirov Muhammadamin Najmiddin o‘g‘li 

Boboxonov Mirvali Mirzohid o‘g‘li

Zoirov Toxir Zokirjon o‘g‘li va boshqa sportchilar

Kafedra mudiri

Z.A.Abdilaxatov
Kafedra mudiri

Z.A.Abdilaxatov

Kafedra mudiri

Kafedra mudiri

Dotsentlar

Sh.A.Dusanov

Dotsentlar

Icon

Sh.A.Dusanov

Icon

Dotsent

Assistentlar

J.A.Samatov

Assistentlar

Icon

J.A.Samatov

Icon

Assistent

D.T.Tangirov

Assistentlar

Icon

D.T.Tangirov

Icon

Assistent

R.O.Obloberdiyeva

Assistentlar

Icon

R.O.Obloberdiyeva

Icon

Assistent