SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 14-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi  PF-6099- sonli farmoni asosida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida institutning

 "Iqtisodiyot" fakulteti tyutori S.Temirova talaba-yoshlar o‘rtasida sportning barcha  turlaridan talabalar o‘rtasida  sport  zalda  musobaqalar olib borildi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabr kunidagi "2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi 781-son Qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida "SERVIS" fakulteti tyutori D.Xudaynazarova navbatdagi Axborot-resurs markazi xodimlari hamkorligida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish, yangi kitoblar taqdimotini o'tkazishdi.

"Buxgalteriya hisobi va menejment" fakulteti tyutori Niyozova Shohsanam tashabbusi bilan TTJ da istiqomat qiluvchi talaba qizlar oʻrtasida "Carving" sanʼati yaʼni "Meva va sabzavotlarni chiroyli kesish hamda dasturxonga tortiq qilish" boʻyicha kichik musobaqa oʻtkazildi. Ushbu musobaqa TTJda yashovchi barcha qizlarda "Carving" sanʼatiga katta qiziqish uygʻotdi.

Buxgalteriya hisobi va menejment fakulteti tyutori Niyozova Shohsanam tashabbusi bilan oʻziga biriktirilgan guruhlarda "Vatanga boʻlgan muhabbatni oshirish" hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Samarqandning qadimiy obidalari boʻylab sayohat uyushtirildi.

Talabalarning bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanish bilan birgalikda yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalarini va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish,  innovatsion ta’lim texnologiyalari va o‘quv-uslubiy materiallar, axborot-resurslari bilan ta’minlash hamda ushbu manbalardan keng va unumli foydalanish bo'yicha IK-222 guruh talabalariga tyutor D.Xudaynazarova tomonidan qo‘shimcha darslar va maslahatlar taqdim etildi.

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan