Anjuman



Samarqand iqtisodiyot va servis institutida "Xizmatlar sohasini strategik rivojlantirish orqali hududlarda barqaror iqtisodiy oʻsish va aholi farovonligini oshirish imkoniyatlari" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi. Anjumanda viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari, viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi Feruz Abilov, viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi Nozir Ibragimov, institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Dilbar Aslanova, professor-oʻqituvchilar, soha mutaxassislari hamda talabalar ishtirok etishdi.
Ma'ruzalar davomida barqaror iqtisodiy oʻsish, hududlarda xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish, kambag'allikni qisqartirish borasida master klasslar oʻtkazildi.
_ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _
"Xizmatlar sohasini strategik rivojlantirish orqali hududlarda barqaror iqtisodiy oʻsish va aholi farovonligini oshirish imkoniyatlari" Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari