SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Joriy yilning 10-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan "INNOWEEK.UZ-2023" haftaligi doirasida Samarqand iqtisodiyot va servis institutida seminar-trening bo'lib o'tdi.

Taklif etilgan xorijiy ekspertlar, Clarivate kompaniyasi xodimi Irina Tixonkova - "Web of Science ma'lumotlar bazasidan foydalanish" mavzusida hamda Fransiya milliy tadqiqot markazi direktori Yegor Vassetskiy - "Xalqaro jurnallar bilan ishlash" mavzusida taqdimot qildilar. Seminar-trening davomida ishtirokchilar xalqaro ilmiy bazalardan foydalanish, ilmiy maqola yozishda foydalaniladigan adabiyotlarning bibliografik roʻyxatini toʻgʻri tuzish yoʻllari, iqtibos keltirish, maqolalarni tahlil qilish kabi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.


Seminar-trening so’ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan