SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Hurmatli yurtdoshlar!

Qadrli institutimiz jamoasi va talabalar! Barchangizga yaqinlashib kelayotgan yangi 2024-yil muborak boʻlsin!


Yangi yilda yangi marralar, yangi maqsadlarga erishish nasib etsin. Baxt, sogʻlik, omad kabi inson hayotini yanada goʻzal etguvchilar doimo hamrohingiz boʻlsin.


2023-yil Samarqand iqtisodiyot va servis instituti uchun muvaffaqiyatli yil boʻldi deb bemalol aytolaman. Joriy yilda jamoamiz saʼy-harakati tufayli Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Oliy ta'lim muassasalarining faoliyati bo'yicha milliy reytingda 7-o'rinni, ijtimoiy-gumanitar soha bo'yicha Respublikada 2-o'rinni egalladi. UI GreenMetric World University Rankings boʻyicha 100 dan ortiq mamlakatlarning minglab oliy ta'lim muassasalari orasida 6375 ballik natija bilan 503-o'rinni egalladi va yanada yuqori oʻrinlarni egallash maqsadida harakat qilmoqda. Bundan tashqari oʻtgan yilda 5 nafar talabalarimiz nomdor davlat stipendiyalari sohibi boʻlgan boʻlsa, bu yil ularning soni 7 nafarga yetdi. Bir guruh professor-o'qituvchilarimiz yuksak ilmiy unvon va darajalar sohibi bo'ldilar. O'quv binolarimiz va talabalar turar joylari taʼmirlanib, talabalar uchun yanada qulayliklar yaratildi. Agar biz bir jamoa boʻlib, birgalikda shunday mehnat qilishda davom etsak, yangi 2024-yilda bundanda ziyoda yutuqlarga erishamiz, albatta.


Azizlar, barchangizga yana bir bor Yangi yil muborak boʻlsin! Oilaviy baxt, yaqinlar mehri, omad hech qachon tark etmasin!


Hurmat va ehtirom ila Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori Po'latov Muhiddin Egamberdiyevich

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan