Rektor tabrigi



HURMATLI YURTDOSHLAR, AZIZ HAMKASBLAR!
Sizlarni xalqimizning eng ulug‘ va aziz kuni – O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 34 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman!
Mustaqillik – xalqimizning asriy orzu-umidlari ro‘yobga chiqqan, erkin va ozod hayotimizning poydevorini yaratgan buyuk tarixiy voqeadir. Bu ulug‘ sana bizni yurtimiz taraqqiyoti, farzandlarimiz kelajagi uchun mas’uliyatli bo‘lishga, bilim va tafakkur bilan jamiyat ravnaqiga hissa qo‘shishga undaydi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, bugun “Yangi O‘zbekiston” barpo etilmoqda. Bu jarayonda ilm-fan, ta’lim va ma’rifat sohasi eng ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib, yoshlarimizning salohiyatini yuzaga chiqarishda institutimiz jamoasiga ham katta vazifalar yuklatilgan.
Shu bois, aziz hamkasblar va qadrli talabalar, sizlarni bilimga chanqoqlik, izlanish va fidoyilik bilan doimo oldinga intilishga chorlayman. Ishonchim komilki, sizlarning yutuqlaringiz Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shadi.
Bayram shukuhi ila barchangizga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik, ilmiy izlanish va ijodiy mehnatingizda esa ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Hurmat ila, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori Muhiddin Egamberdiyevich Poʻlatov