Samarqand iqtisodiyot va servis institutida "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida adabiy-ma'rifiy uchrashuv tashkil etildi



Talabalar turar joyi hovlisida "Gulxan atrofida" badiiy kechasi bo'lib o'tdi. Kechani institut yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori A.Berdimurodov ochib berib, so'zi davomida adiblarimizga tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi. So'ngra navbat talabalar tomonidan tayyorlangan she'riy va musiqiy chiqishlarga berildi.