Samarqand iqtisodiyot va servis institutining bir guruh faol professor-o'qituvchilari "Oliy ta'lim a'lochisi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi



1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan oliy ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, o‘zining yuqori kasb-mahorati, yorqin iste’dodi va ijodi, vatanparvarlik fazilatlari bilan el-yurt o‘rtasida hurmat qozongan, faol va tashabbuskor, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida alohida namuna ko‘rsatib, soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan institutimiz professor-o'qituvchilari: Mamayunus Pardayev, Rajab Abdullayev, Murod Muhammedovlar "Oliy ta'lim a'lochisi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar.