Servis fakultetida Navroʻz bayrami munosabati bilan mini-futbol musobaqasi tashkil etildi!



Navroʻz – xalqimiz uchun nafaqat yangilanish, balki doʻstlik va hamjihatlik ramzi hamdir. Shu munosabat bilan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakulteti talabalari oʻrtasida mini-futbol boʻyicha oʻrtoqlik oʻyinlari tashkil etildi.
Ushbu musobaqa talabalar oʻrtasida jamoaviy ruhni mustahkamlash, sportga boʻlgan qiziqishni oshirish va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida oʻtkazildi. Oʻyinlar qizgʻin va murosasiz kurashlarga boy boʻlib, har bir jamoa oʻzining irodasi va mahoratini namoyon qildi.