SamISI Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Talaba-qizlarni Vatanga, xalqimizga va milliy armiyamizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Samarqand shahridagi 75061-sonli harbiy qism hamkorligida “Toʻmaris izdoshlari” ko‘rik-tanlovi o'tkazilib kelinmoqda. 


Bugun institut talabalar turar joyida ushbu tanlovning 2-soni bo'lib o'tdi. Unda talaba-qizlarimizdan tashkil topgan "Barchinoylar", "Bibixonimlar" hamda "To'marislar" jamoalari granata uloqtirish, harbiy estafeta, team-working, darts, arqon tortish o'yinlari va o'qdonga o'q joylash shartlari orqali bellashishdi.


Shuningdek tanlovda institut rektori Muhiddin Egamberdiyevich so'zga chiqib talaba-qizlarimizdagi uddaburonlik, zukkolik hamda jasurlikni alohida e'tirof etdi. Rektor so'zi davomida To'maris kabi ajdodlarimizga munosib izdosh bo'lgan xotin-qizlar kelajakda mard va vatanparvar farzandlar tarbiya qilishini so'zi davomida ta'kidlab o'tdi.


Ko'rik-tanlov bilan bir qatorda harbiy qism tomonidan askarlarning harbiy chiqishlari va harbiy qurol-yaroqlar ko'rgazmasi ham namoyish etildi.

SamISI logo

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Manzil belgisi Samarqand sh. A.Temur k. 9-uy

Telefon belgisi Ishonch telefoni: +998 (66) 231-12-53, +998 (66) 231-03-93

Email belgisi Email: sies_info@edu.uz, samisi@exat.uz

Ogohlantirish Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganda ushbu manbani ko'rsatish majburiy

Copyright belgisi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. Barcha huquqlar himoyalangan