Abdukarimov Furkat Barat Aliyevich

2026-09-03 232
Share: Telegram Telegram Facebook Facebook
Abdukarimov Furkat Barat Aliyevich

🎓 Abdukarimov Furkat Barat Aliyevich

Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor

Abdukarimov Furkat Barat Aliyevich

Prorektor, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent

📋 Lavozimga tayinlanish

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida xalqaro hamkorlik faoliyatini muvofiqlashtiruvchi prorektor lavozimi ilk marotaba 2026-yilda joriy etildi. Institut Kuzatuv kengashining 2026-yil "25" fevraldagi №1-sonli yig'ilishi bayoni bilan Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor tuzilmasiga Xalqaro hamkorlik bo'limi, Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo'limi va Qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo'limlari kiritildi.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektorining 2026-yil "25" martdagi 58-SH-sonli buyrug'iga asosan Abdukarimov Furkat Barat Aliyevich Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor lavozimiga tayinlandi.

🌍 Xalqaro hamkorlik aloqalari

Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Furkat Abdukarimov rahbarligida quyidagi muassasalar bilan hamkorlik aloqalari o'rnatildi va tegishli shartnomalar imzolandi:

Tojikiston Respublikasi: Tojikiston energetika instituti, Tojikiston turizm va tadbirkorlik xalqaro universiteti va uning Levakandagi filiali

Polsha: Krakov iqtisodiyot universiteti, Katovitse iqtisodiyot universiteti, Slupskdagi Pomeraniya universiteti va VSB Akademiyasi

Qirg'iziston Respublikasi: I. Razzoqov nomidagi Qirg'iziston davlat texnika universiteti

Qozog'iston Respublikasi: Al-Farobiy nomidagi Qozog'iston Milliy universiteti va O'zbekali Janibekov nomidagi Janubiy Qozog'iston pedagogika universiteti

Malayziya: Osiyo Tinch okeani texnologiya va innovatsiyalar universiteti va SEGi universiteti

✅ Hamkorlik statistikasi

Institutda bugungi kunda dunyoning 30 dan ortiq davlatlaridagi 120 dan ortiq yetakchi oliy ta'lim muassasalari bilan keng ko'lamli hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilgan.