Berdimurodov Azizjon Shukrilloyevich



Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor
Vazifalari:
1. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlari, Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va tarbiya sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
1.1. Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim-tarbiya va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishni ta’minlash;
1.2. Yuqori tashkilotlarning buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlariga oid masalalar bo‘yicha ijtimoiy majburiyatni olishi, institut Kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining ijrosini tashkil etish;
1.3. Talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini kuzatib borish va mutasaddi tashkilotlar (IIV, Milliy gvardiya, Bosh prokuratura, DXX, FVV, Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqalar) bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etish;
1.4. Institut sport-sog’lomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy hordiq chiqarish tizimlarining uzluksiz va sifatli ishlashishini ta’minlash masalalarini nazorat etish;
1.5. Moddiy jihatdan kam ta’minlangan, mahalliy hokimiyatlarda “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali ro‘yxatga olingan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” hamda “Mehr daftari”ga kiruvchi, ko‘p bolali oilalardan chiqqan talabalarning moddiy ahvolini aniqlash va ularni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha muntazam ishlar olib borish;
1.6. Talabalarning ota-onalari, mahalliy hokimiyatlar, xayriya jamg’armalari, mahallalardagi Yoshlar yetakchilari bilan fakultetlarning hamkorlikda olib boradigan ishlarni tashkil etish va nazorat qilish;
1.7. Institutga biriktirilgan MFY va maktablarda hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, sport musobaqalarini uyushtirish, iqtidorli yoshlarni o‘z qiziqishlari bo‘yicha sohaga yo‘naltirish;
1.8. Institut professor-o‘qituvchilarining “Bir mahallaga - bir ziyoli ma’naviy homiy” tamoyili asosida joylarda aholi bilan suhbatlarini uyushtirish;
1.9. Sohada uzoq vaqt faoliyat yuritgan tabarruk, fidoyi insonlar bilan talaba-yoshlarning uchrashuvlarini tashkil etish;
1.10. Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, talaba va yoshlar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug’bek, Ibn Sino va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
1.11. Institut “Odob-axloq kodeksi” va “Ichki tartib qoidalari”ni buzgan talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritish;
1.12. Talabalarning o‘qishdan chetlashtirish holatlarini o‘rganish, taklif berish va muhokama qilish;
1.13. Yoshlar yetakchilari va “Talabalar kengashi” faoliyatini muvofiqlashtirish, yoshlar muammolari va takliflari yuzasidan rektorga ma’lumot kiritish;
1.14. Fakultet va kafedralarning yillik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o‘qituvchilar va tyutorlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlarini baholashni amalga oshirish;
1.15. Institut tarkibiy tuzilmalariga yo‘nalishdagi vazifaning mohiyatidan kelib chiqqan holda topshiriq berish, uning ijrosini talab qilish, shuningdek ushbu yo‘nalishda berilgan topshiriqlarni bajarmagan yoki e’tiborsiz munosabatda bo‘lgan xodimlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha rektorga taqdimnoma kiritish;
1.16. Ma’naviy-ma’rifiy ishlari rejasini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini tashkil qilish va nazorat etish, sifatli ta’lim berish bo‘yicha institut jamoasi bilan hamkorlikda ishlarni yo‘lga qo‘yish;
1.17. Institut “Ma’naviyat va ma’rifat kengashi” hamda ijtimoiy fanlar kafedrasi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha rektorga takliflar berish;
1.18. Turli uchrashuvlar, bahs-munozara, muloqotlar, og’zaki suhbatlar, savol-javob kechalarini muntazam ravishda uyushtirish;
1.19. Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazishni tashkil etish, institutda 5 muhim tashabbusni amalga oshirish;
1.20. Institut talabalar turar joyida yashayotgan talabalar ehtiyojiga har tomonlama javob beradigan sharoitlarni muntazam nazorat qilish, turli uchrashuv hamda tadbirlarni tashkil etilishini muvofiqlashtirish;
1.21. Ijarada, yaqin qarindoshlari va o‘z xonadonida yashovchi talabalar bilan darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish hamda nazorat qilish;
1.22. Institutdagi ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam OABda, ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirish;
1.23. Ko‘rik-tanlovlar, festivallar, badiiy havaskorlik to‘garaklari (QVZ, talabalar teatr studiyalari, raqs, vokal, maqom ansambllari, baxshichilik) spartakiadalar, olimpiadalarni muntazam o‘tkazishni tashkil etish;
1.24. Sport turlari bo‘yicha institut terma jamoalarini shakllantirish, musobaqalarda ishtirokini ta’minlash;
1.25. Tizimda Korrupsiyaga qarshi kurash ishlarini muvofiqlashtirish, “Komplayens nazorat” bo‘limi bilan hamkorlikda ishlash;
1.26. Institutda professor-o‘qituvchilar va xodimlarni ishga qabul qilishda bevosita ishtirok etish;
1.27. Institut tyutorligiga munosib nomzodlarni taqdim etish va ularni ishga qabul qilish hamda lavozimdan ozod etishda o‘z takliflari bilan ishtirok etish;
1.28. Institutda ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faollik ko‘rsatgan professor-qituvchilarga qo‘shimcha ustama va rag’batlantirish choralari, shuningdek, ushbu yo’nalishdagi ishlarda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan ustamalarni bekor qilish yuzasidan rektorga takliflar kiritish;
1.29. Institutda TTJga talabalarni joylashtirish bo‘yicha komissiya raisi sifatida uning tarkibiga fakultet dekanlari, Yoshlar yetakchisi, institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, TTJ direksiya rahbarlarining a’zoligini ta’minlash;
1.30. Talaba-yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g’risida”gi Qonuniga tayangan holda milliy ruh va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatlarini ulug’lashga, mustaqil fikrlovchi yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan ma’naviy-axloqiy tarbiya dasturini amalga oshirish;
1.31. Har bir talaba-yoshning yurt tinchligi, el saodatiga xizmat qiladigan intilish, izlanish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash orqali inson-jamiyat-davlat tamoyilini muntazam targ’ib va tashviq etish;
1.32. Institut talabalarini vatanga sadoqat, ona-diyorga mehr-muhabbat, ozod va obod vatan barpo etishdek ulug’ va olijanob maqsadga e’tiqod, jasurlik va fidoyilik ruhida tarbiyalash, jinoyatchilikning oldini olishga mo‘ljallangan targ’ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish;
1.33. Barcha fakultetlarda ma’naviy muhitni, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talababay ishlab, ularning intilishi va muddaolarini hisobga olgan holda ijobiy an’ana va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazish;
1.32. Talabalarni binoga kirish va chiqish, yo‘laklarda yurish, dars mashg’ulotlarida o‘tirish, jihozlarga nisbatan qanday muomalada bo‘lish tartibini tushuntirish ishlarini nazoratga olish;
1.35. Pedagog-xodimlar va talabalarning yurish-turishi, kiyinishi, uyali telefonlaridan foydalanishini nazoratga olish, tatibga rioya qilmaganlar bilan tushuntirish ishlari olib borish, intizomiy choralar ko‘rishga taklif berish;
1.36. Talabalarning darsdan bo‘sh paytini ijtimoiy foydali mashg’ulotlarga yo‘naltirish, to‘garaklar, bahs va munozaralar, adabiy uchrashuvlar o‘tkazilishi ustidan nazorat o‘rnatish;
1.37. Talaba xodim va professor-o‘qituvchilarning ijtimoiy tarmoqlarda yoritayotgan noto‘g’ri fikr-mulohazalari yuzasidan surishtirish ishlarini olib borish.
2. Institut rektori xizmat safarida, ta’tilda bo‘lganda yoki vaqtincha betobligiga ko‘ra ishda bo‘lmagan vaqtlarida ularning vakolati doirasiga kiruvchi vazifalarni bajarib turish vaqtincha yuklatiladi.
2.1. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, prezident Qarorlari, farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlarini, ko‘rsatmalarini amalga oshirish;
2.2. Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo’lgan yuqori ma’lumotli, malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
2.3. Ijtimoiy fanlar kafedrasi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda kafedra a’zolarining ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faol qatnashishlarini ta’minlash;
2.4. Talabalar ongiga milliy g’oyani singdirish, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini olib borishning amaliy, ta’sirchan mexanizmlarini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy jarayonni boshqarish va izchil takomillashtirib borish;
2.5. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning joriy va istiqbolli rejalarini ishlab chiqish hamda ularning qat’iy amalga oshirilishini nazorat qilish tizimini vujudga keltirish;
2.6. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimi uchun zarur me’yoriy hamda uslubiy hujjatlarni, amaliy tadbirlar rejalarini ishlab chiqish;
2.7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmun-mohiyatini talabalarga, professor-o’qituvchilarga vaqtida tushuntirish ishlarini tashkil qilish. Buning uchun doimiy huquqiy savodxonlikni oshirish bo’yicha maxsus kurslar tashkil etish, turli mavzulardagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, bahs-munozaralar, muloqotlar, suhbatlar, savol-javob kechalarini uyushtirish;
2.8. Vazirlikning ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha qabul qilgan hujjatlarini institut jamoasiga o‘z vaqtida yetkazish va ulardagi tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;
2.9. Professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida jamiyatni erkinlashtirish talablariga mos ijtimoiy muhitni shakllantirish uchun kerakli sharoitlarni yaratish;
2.10. Talabalarda ma’naviy boqimandalik kayfiyatini yo’qotish va ularda o’z tafakkurini doimiy rivojlantirish ehtiyojini shakllantirish;
2.11. Huquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash;
2.12. Mamlakat va xalqaro hayotga oid axborotlarni keng jamoatchilikka, pedagoglar va talabalarga yetkazish tizimini tashkil etish;
2.13. Ma’naviy-ma’rifiy masalalarga oid ilmiy, uslubiy va amaliy adabiyotlar, qo‘llanmalar tayyorlash hamda ularni chop ettirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;
2.14. Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedralarining uslubiy va informatsion (adabiyot, qo‘llanma va h.k.) ta’minlash, professor-o’qituvchilar salohiyati va malakasi masalalarini o‘rganish, tahlil qilish, tegishli takliflar tayyorlash;
2.15. Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlardan yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibini shakllantirish bo‘yicha tegishli taklif tayyorlash;
2.16. Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil qilish bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish, ijodiy-badiiy, sport-sog’lomlashtirish to’garaklarini tashkil etish;
2.17. Sport klublari faoliyatini takomillashtirish, talabalarni sport turlari bo‘yicha tayyorlash, “Universiada” sport musobaqalarida faol qatnashishini ta’minlash;
2.18. Talabalar turar joyining sharoitlarini unda istiqomat qilayotgan talabalar talablariga har tomonlama javob berishini muntazam nazorat ostiga olish;
2.19. Talabalar orasida badiiy adabiyotni, xususan O’zbekistonda mustaqillik yillarida yaratilgan yuksak saviyali badiiy asarlarni o‘qish va o‘rganish ishlariga alohida e’tibor berish. Bu maqsadda badiiy asarlarning eng yaxshi talqini, tahlili va taqrizi uchun maxsus ko‘rik-tanlovlar, kitobxonlar konferensiyalari, muallif va adiblar bilan uchrashuvlar uyushtirish, g’oliblarni rag’batlantirish. Institut axborot resurs markazini turli badiiy, publitsistik asarlar, ilmiy-ommabop nashrlar bilan boyitib borish;
2.20. Institut sport-sog’lomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy hordiq chiqarish tizimlarining uzluksiz va sifatli ishlashini ta’minlash masalalarini nazorat qilish;
2.21. Kam ta’minlangan, ko‘p bolali oilalardan chiqqan talabalarning moddiy ahvoli haqidagi ma’lumotlarni olish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish bo’yicha muntazam ish olib borish;
2.22. Talabalarning ota-onalari, mahalliy hokimiyatlar, xayriya jamg’armalari, mahallalar bilan fakultetlar va institutning hamkorlikda olib boradigan ishlarini tashkil etish hamda nazorat qilish;
2.23. Ko‘p nusxali va devoriy gazetalarning muntazam chiqishini ta’minlash, ularda institutda ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni doimiy yoritib borish;
2.22. Konkurslar, festivallar, badiiy havaskorlik to‘garaklari ko’riklarini va olimpiadalarni muntazam o‘tkazishni tashkil etish;
2.25. Respublika, viloyat va shahar miqyosida bo‘ladigan turli jamoat ishlarida, tadbirlarda professor-o‘qituvchilar va talabalarning faol ishtirokini ta’minlash;
2.26. Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar yo’nalishlari hamda ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;
2.27. Professor-o‘qituvchilar va talabalar munosabatida odob-axloq me’yorlari va yuqori muomila madaniyatini tarkib toptirish;
2.28. Institut xodimlari, talablarini chet elga yuborish, shuningdek institutda elchixonalar, chet el tashkilotlar hamda chet mamlakatlar vakillari ishtiroki bilan tadbirlarni (seminar, uchrashuv, suhbat va h.k.) o‘matilgan tartibda o‘tkazilishini ta’minlash.
Mehnat faoliyati:
2007-2011 yy. - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi
2011-2013 yy. - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti magistranti
2013-2016 yy. - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ma’naviyat va ma’rifat bo‘lirni boshlig’i
2016-2018 yy. - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi assistenti
2018-2022 yy. - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti xodimlar bo‘lirni boshlig’i
2022 y. - h.v. - Samarqand iqtisodiyot va servis instituti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori