Karyera kunlari: Talabalar ish bilan taʼminlanmoqda



Joriy yilda Samarqand iqtisodiyot va servis institutini 1673 nafar bitiruvchi tamomlamoqda. Ularni qiziqish va iqtidorlaridan kelib chiqib kasblarga yoʻnaltirish, kelajakda oʻz oʻrinlarini topishga koʻmaklashish maqsadida "Karyera kuni" mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur yarmarkada sifatli kadrlarga ehtiyoji mavjud 100 dan ortiq korxona va tashkilotlar vakillari korxonadagi 2000 ta bo'sh ish o'rinlari haqidagi ma'lumotlar bilan ishtirok etishdi. Bitiruvchilar bilan bevosita suhbat oʻtkazish jarayonida 50 dan ziyod shartnomalar rasmiylashtirildi. Bundan tashqari yana 250 ta ish oʻrni uchun qoʻshimcha suhbatlar oʻtkazish belgilandi.